Zamonaviy qullik & odam savdosiga qarshi kurash

Legal Policy Image

Milliardlab odamlar hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilish uchun har kuni Kimberly-Clark mahsulotlarini tanlaydi. Bu – katta mas’uliyat va biz buni jiddiy qabul qilamiz. Ushbu majburiyat biznesimizni mas’uliyat bilan boshqarish orqali aksiyadorlarimiz, xodimlarimiz va boshqa manfaatdor tomonlarning ishonchini ta’minlashga imkon beradi.

Kimberly-Clark qullik va odam savdosiga qarshi kurashadi. Qadriyatlarimizga muvofiq, Ahloq kodeksimiz kompaniyaning kutilmalarini belgilab beradi hamda inson huquqlari va boshqa axloqiy masalalar bo‘yicha odamlarimiz uchun javobgarlikni yaratadi. Xuddi shuningdek, biz yetkazib beruvchilar, xodimlar va pudratchilarni majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashish uchun javobgarlikka tortish prinsiplari va tartiblarimizni bayon etuvchi Yetkazib beruvchilarning ijtimoiy muvofiqligi standartlarini chop etdik. Kimberly-Clark ta’minot zanjirimiz uchun bevosita mas’ul bo‘lgan xodimlar va menejerlar uchun odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha treninglar o‘tkazadi, bu xatarlarni aniqlash va kamaytirishga qattiq e’tibor qaratishni o‘z ichiga oladi.

Buyuk Britaniyaning zamonaviy qullikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonuni, Kaliforniya shtatining ta’minot zanjirlaridagi shaffoflik to‘g‘risidagi qonuni va Avstraliyaning zamonaviy qullikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, biz Kimberly-Clark kompaniyasining global miqyosda qullik va odam savdosiga qarshi kurash borasida qo‘ygan qadamlarini qisqacha bayon qildik.

So‘nggi ma’lumotlarni oshkor qilishimiz bilan tanishing >>

Buyuk Britaniyadagi so‘nggi ma’lumotlarni oshkor qilishimiz biulan tanishing >>